Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Beg'ubor, Begunoh, Bechora qizaloq...
Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi. Ko'zlarini iwqalab krovatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ot-onasi har kungidek o'zaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga e'tibor ham berishmasdi.
Ota-onasinng janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan 4 yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bo'lgan so'zlar bilan haqorat qilayotgan er-hotin bolaga e'tibor berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib qoyibsizku, menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham kerakmas.
- Nima dediz? Hali bolamni olib yo'qolaymi? Mayli, ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman! Bola bitta meniki emas, tug'dirib qo'ydingizmi, tak shto eplab boqing endi!
Ayol shunday dedi-yu jahl bilan honasiga kirib ketdi. Huddi shu tahlit ota ham tashqariga chiqib ketdi.
Qizcha esa hamon yig'lardi.
U endigina 4 yosh bo'lsa-da, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kunora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima qilishni bilmas, u ham ko'chaga chiqib ketishni va uyga hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga qirmoqchi edi, yo'qol ko'zimdan degan javobni olgach, nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas, yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan o'ylardi: ''Buvim meni yaxshi ko'radi, meni haydamaydi, agar uydan ketib buvimni yonida yashasam, adam oyimni urmaydi, oyim ham boshqa yig'lamaydi. Men ularga yaxshi qiz bo'lolmadim''.
Shu hayollar ichida ketayotgan qizaloq yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi.
Qizcha yo'l chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi. Og'riq kuchli, qiz xatto ovozini chiqarib yig'lay olmasdi.
Haydovchi mashinga qattiq urilgan qizaloqni qo'liga ko'tarib olarkan, qizcha unga qarab achchiq jilmaydi, qon sizib chiqayotgan kichkina lablari bilan so'nggi marta pichirladi:
''Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim hech qachon urushishmaydi''...


FARZAND ALLOHNING NE'MATI EKANINI UNUTIB QO'YMAYLIK, ENG ARZON NARSA MEHRNI QIZG'ONMAYLIK..
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * •● ƤลηのลCнล ●• (12 Apr 2019, 17:40)
Ko'rilgan: 218
Reyting: 5
*5 | 0*
Fikrlar: (0)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
Xabar yo'q!
Bosh sahifa