Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Ayting kim ko'proq sevar ekan?
KIM KO'PROQ SEVADI ?

Yigit va qiz bu haqda ko'p bahslashishardi. Aslida ularning har birining yuraklarida ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgi bor edi. Kim ko'piroq sevishini esa nigohlar hal qilib berardi doim. Sevgiga to'la ko'zlar bir-birlariga uzoq termulardi. Yigit har safar g'olib chiqardi. "Ko'rdingmi, kim ko'proq sevarkan" derdi u qizga. Qiz hech qachon mag'lub bo'lganidan xafa bo'lmasdi. "Seni kimdir shunday seva olsa, ehtimol baxt degani shu bo'lsa kerak" o'ylardi u. Ha, olamda sevgidan ulug'vor tuyg'u bo'lmasa kerak. Lekin shu olamning yana bir qatiy qonuni bor. Sevgi faqat 2 - qalbga tegishli bo'ladi, o'zgalar uchun esa u mavhum, boshqacha aytganda ahamiyatsiz. Yigit bilan qizning sevgisini ham o'zlaridan boshqa hech kim anglay olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi chiqdilar. Yigit ham, qiz ham ularning amriga qarshi chiqmaydigan darajada qobil farzand edilar. Endi baxt to'la nigohlarni mayuslik egalladi. Ular bahslashadigan savol ham o'zgardi. Ularda faqat bir manoni uqish mumkin edi. "Endi nima qilish kerak?" Ularning qalblarida asrayotgan sevgilari ko'l suvidek sokin va shaffof bo'lishi bilan birga to'fondek qudratga ham ega edi. Ular bu dunyoda bo'lmasa, u dunyoda baribir birga bo'lamiz deb ishonardilar. Shuning uchun xam har ikkisi sevgisi uchun jonini qurbon qilishdanda cho'chimasdilar. Ularning ahd-u paymonlari shunday bo'ldi: "Biz birga o'lamiz..." Ular so'nggi bor bir-birlariga termuldilar. Qiz yig'ladi... Yigit xo'rsindi... Keyin har biri o'z yo'liga ketdilar... Qiz sirtmoqqa bo'ynini suqar ekan, ko'zlarini chirt yumdi. Ko'zida yosh, tanida titroq, keyin esa og'riq... Yigit ham ko'zlarini yumdi. Lekin uning taqdiri bunday o'limni istamadi. Ko'zlarini ochganida qoshida ota-onasini ko'rdi... Bir necha kun og'ir yotgan yigit nihoyat qizning qabriga keldi. Endi u bir vaqtlar dunyodagi eng go'zal bo'lgan ko'zlar o'rniga qizning yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr toshlariga shunday so'zlar yozilgan edi... ✍

"Ayting kim ko'proq sevar ekan ?"
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * Nobody (7 Apr 2019, 23:31)
Ko'rilgan: 190
Reyting: 4
*4 | 0*
Fikrlar: (3)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
✳️√DeRsKiYmaN✴️ [Ch] * (12 Apr 2019, 16:16)
QIROl 95, Endi ramantikade
* QIROl 95 (12 Apr 2019, 14:19)
Qiz yigitni tirik qoliwini bilganmi
✳️√DeRsKiYmaN✴️ [Ch] * (8 Apr 2019, 10:38)
nme yigitla sevmid dmoqcmsan?
Bosh sahifa