Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Bir qiz nomidan //κοςιριλΓαη//
(Hikoya ko'chirma)
Biz bir-bimizni telbalarcha sevardik. U bilan birga kollejda, bir kursda o'qirdik. Har kuni uni ko'rish va uning yonida bölishdan baxtli edim. Boshqa yigitlar meni umuman qiziqtirmas, menga faqat moviy ko'zli Baxtiyor kerak edi. Men ishonardim unga turmushga chiqishimga. Baxtli oila bo'lishimizga menda hech qanaqa shubha yöq edi. Kollejni sevgidan mast bo'lib bitirdik. Keyin ikkalamiz institutga birga hujjat topshirdik. Taqdirni qarangki, biz yana kursdosh bo'ldik. Juda baxtli edim. U doim biz birga bo'lamiz, bizni hech kim va hech narsa ayirolmaydi derdi. Birinchi kursni o'qib yurgan paytimizda otamdan ayrilib qoldim. Keyin yolg'iz akam otamni korxonasini boshqaradigan bo'ldi. Otam juda badavlat inson edilar, akam bu pullarni ko'rib quturib ketdi. Qayerdandir narkotik moddalar qabul qiladigan bo'lib qoldilar. Bu vahshiy modda akamni insoniylik qiyofasidan butkul yiroqlashtirib qöydi. Borib-borib akam narkotik moddalarga shu darajada mukkasidan ketdiki, bizni ham umuman unutib qöydi. Oxiri "qora dori" akamni ham dunyodan olib ketdi. Onam ortilaridan kuyib qoldilar. Men onamni siqilishlariga chidolmasdim. Chunki ularda qon bosimi kötarilib ketardi tez-tez. Avval otamning, keyin akamning dog'ida butunlay adoi tamom böldilar onam. Kunlar ötdi. Bir kun Baxtiyor aka tayyorgarchilik ko'r, onamni uyingga yuboraman deb aytilar. Onasi uyimizga keldilar, choy ichib ketdilar. Ertasi kuni. Baxtiyor aka onam to'yimizga qarshilar, narkomanning singlisini kelin qilmayman debdilar. Nima qilishni bilmay qoldim. Shu asnoda kunlar o'ta boshladi. Baxtiyor akam sabr qil, ko'ndiramiz dedilar. Lekin onasi boshqa qiz topib to'ylarni boshlayotganligini aytib qoldilar. Yig'lagancha taqdirga tan berdim. Ammo Baxtiyor aka voz kechmas, biz baribir birga bo'lamiz deb meni qiynardilar. Qochib ketamiz dedilar. Men ikki dunyoda ham onamni yolg'iz tashlab ketolmasdim. Baxtiyor akani onalari bir kun yonimga keldilar. Ona qizim, ishon seni kelin qilishni juda xohlardim, lekin majburman. Taqdirga tan ber. Baxtiyorni o'z holiga qo'y dedilar. Shunda tushundimki, men bu yerlardan bir oz muddatga uzoqlarga ketishim kerak. Bu ham özim uchun, ham ular uchun zarur edi. Chunki Baxtiyor aka baribir meni olib ketishi aniq edi. 
Bu orada shuncha azobga dosh bergan onam og'ir kasal bo'lib qoldilar. Katta tog'amga qo'ng'iroq qildim. Ular Xitoyda, Urumchida yashardilar. Tog'am onamni yonlariga olib kelishni, ya'ni Xitoyga borishimiz kerakligini aytdilar. Onamni ko'ndirdim. Ketishimdan bir kun oldin ular bilan 
uchrashdim. Kun bo'yi birga sayr qildik. Keyin xayrlashar ekanmiz, azizam ozgina sabr qil, yaqinda seni bu yerlardan olib ketaman dedilar. Mahkam quchib seni judayam sevaman, negadir qöyvorgim kelmayapti dedilar. Ichimda yig'lardim, nega meni taqdir bunchalar qiynamasa? 

Hamma yaqinlarimdan judo qilsa, aybim nima? Bu savollarga javob yo'q edi. Keyin ularga ovozimdagi titroqni sezdirmaslik uchun shivirlab, men ham sizni jonimdan ortiq sevaman, dedim. Bu mening sönggi uchrashuvimizdagi so'ngi so'zlarim edi... Ularning bundan xabarlari yo'q edi. Keyin ketdim. Shu kuni yig'lab- yig'lab ularga xat yozdim. Onasi topgan qizga uylanishlari kerakligini, meni unutishlari lozimligini, eng oxiri ularni judayam sevishimni, afsuski birga bölolmasligimizni yozdim. Xatni bir kusdoshimizga berdim... 

Ertasigayoq uchib ketik. U yerda tog'amni uylarida yashay boshladik. To'rt yil yashadim. Bu to'rt yil meni onamdan ayirdi. Oilam... sevgim... 

Endi meni hech kimim yo'q edi. Ularning har birini yöqotganimda tökkan köz yoshlarimning hisobini bilmasdim. Bunchalik judoliklarni körgandan özim birinchi bölib dunyodan köz yumsam bölmasmidi deb tushkunlikda yashardim har kuni. 


Keyin Toshkentga qaytdim. Otamni korxonasini boshqara 
boshladim. Turmushga chiqish degan hayollardan yiroqda yashardim. Bor fikrimni ishga qaratdim. Bu orqali chalg'ishga urinardim. Xolam o'z holimga qo'ymasdilar. Oxiri xolam topgan yigitga turmushga chiqishga rozi bo'ldim. Ammo u yigit keldida bilasizmi meni uyimdagilar majburan sizga 
uylantirishmoqchi, chunki siz boy qiz ekansiz. Tog'ri juda go'zal qiz 
ekansiz, ammo sevganim bor dedi. Özi bu haqda oilasiga hozircha aytolmasligini, shu sabab sovchilarni qaytarib yuborishimni söradi. Unga sevgingizga erishing, dedim. 

Ösha gaplarni hayol qilib ketar ekanman birdan mashina yölimdan chiqib qoldi. Qo'rqib ketdim. Keyin xushimni yöqotdim. Közimni ochsam, Baxtiyor akam tepamda, ko'zlarida yosh bilan turardilar. 
Ularni ko'rib o'zimni tutolmay quchoqlariga otildim... 
Keyin uzoq vaqt gaplashib o'tirdik. Nega meni mashinangizda urdingiz, o'ldirmoqchimidingiz dedim hazillashib. Sen o'zing meni tashlab 
ketib qoldingku, men seni mashinada urdim, endi oramiz ochiq deya jilmaydilar. Ularni shunaqangi sog'ingan edimki, ösha onda yuragim har doimgidan ham tölib turgandi. Biroz yig'ladim. Keyin nega ketib qolding? Seni juda uzoq izladim, 

kursdoshlardan so'rasam Xitoyda deyishdi. U yoqlardan ham seni qidirtirib topolmadim dedilar. Bo'ldi, shuncha ayrilib yashadik, bas qil endi o'zimiz uchun ham yashaylik dedilar. Men ham ortiq bu taxlit yasholmasdim. Keyin ularga ikkinchi xotin bo'ldim. Chunki ularsiz yasholmayotgandim, judayam sevardim. Shu tariqa hayotimga ozgina bölsada baxt kirib keldi. Keyin bilsam, uylangan bo'lsalarda, hamon farzandlari yo'q ekan. Uch oyga bormay 

xomilador bo'ldim. Baxtiyor akam eshitib juda sevindilar, rahmat jonim deb quchoqladilar. 
Menga og'ir edi, ular faqat kunduz kuni kelar, kechasi uylariga ketardilar. Men shunisiga ham rozi edim. Chunki menda endi sevgim, baxt bor edi. Yaqinda tug'iladigan farzandim esa hammasidan muhim edi. 

Bir kun eshik taqilladi. Ochsam Baxtiyor akamni onalari ekan. 
Xomilam 8 oylik edi. Qornimga qaradilarda yig'lab yubordilar... 
Uyga kirdilar. Qizim bilardim seni topganligini, chunki ög'lim yana kulishni boshlagandi, oldingi Baxtiyor qaytib kelgandi. Sen ketgan kundan boshlab u o'zgarib qolgandi. Hech ham kulmas, doim hayoli parishon yurardi, dedilar. Qornimga qarab, qizim meni kechir, men majbur bo'ldim, 
dedilar. Keyin qizmi og'ilmi deb so'radilar. Men qiz bölsa kerak dedim. Xursand bo'ldilarda, so'ng eson-omon qutulib olgin deya uydan ketdilar. 

Hayron qoldim. So'ng Baxtiyor akamga aytib berdim. Ular ikkimiz tushgan suratni xotinim ko'rgan va onamga ko'rsatibdi, shundan bilganlar 
dedilar. 
Biz jajji qizaloqlik bo'ldik. Ismini Intizor qo'ydik. Men endi juda baxtli edim... 

Oradan 4 yil o'tdi. Qizalog'im dadasini juda qattiq yaxshi ko'rardi. Bir kuni ular xotinim bilan ajrashdim, seni uyimga olib ketaman dedilar. 
Sababini so'rasam xotini men xomilador bo'lmas ekanman, uylanig endi debdi. Hozir ajrim qog'oziga qöy qöyish uchun ketayaman dedilar. Shu payt qizalog'im, qarang dadajon men rasm chizdim, deb yugurib kirdi. 
Baxtiyor aka suratga qarab nega meni suratim yo'q dedilar arazlab. Hozir chizaman dedi jilmayib Intizor. Keyin ular xayrlashib chiqib ketdilar. Men nahotki endi Baxtiyor akamni bu mening erim deb hammaning oldida ayta olaman deb sevindim. 

Kechroq telefon jiringladi. Bir ayol, Sevara men Baxtiyorni onasiman, tezda uyga yetib kel dedilar. Qizimni oldimda havotirlanib ularnikiga chopdim. Uyda shunaqangi ko'p odam bor ediki, nima bo'layotganidan hayron edim. Onasi bardam bo'l qizim Baxtiyorni berib qo'ydik, dedi. Bu gapni eshitib ichimda butun vujudim muzlab qoldi. O'zimni Baxtiyor akam yotgan joyga otdim. Faryod bilan nega taqdir meni buncha qiynaysan, otamdan ayirding, akamdan ayirding, onamdan ham ayirding, endi erimni nega torib olyapsan? Aybim nima, deb rosa yig'ladim. Shu payt qizalog'im dadajon qareng siziyam rasmizi chizdim, turin uyga ketamiz deb ularning yonlariga keldi. Qizimni bu holatini körganimda bir dardim yuz böldi.
Juda uzoq yig'ladim. Hamma hayron edi. Bu ayol kim? Bu qizaloq nega Baxtiyorni ota deyapti? 

Yig'lab-yig'lab ularni yerga berdim. Men ruhan juda og'ir ahvolga tushib qolgandim. Odamlar jinni deyishdi. Bölsa-bordir. Jinni deyishsin meni mayliga... Hamma yaqinimdan ayrilib qanaqasiga jinni bölmay? Men qanday qora inson ekanmanki, meni sevgan hammani bir-bir yöqotsam? Ha men ruhan ölib bölgandim. Qizim endi Baxtiyor akamni onalarini qo'llarida qolgandi. Bu meni tinchlantiradi. Qizalog'im ishonchli qöllarda. Men esa... 

Yaqinda doktorlardan bir gapni eshitib yengil tordim: tez orada men ham 
Baxtiyor akamni ortilaridan ketarkanman. Nihoyat...
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: O`qish davrida
Yozdi: * ★☆ςεκρετηιγ παρεη☆★  (10 Mar 2019, 07:22)
Ko'rilgan: 1103
Reyting: 4
*4 | 0*
Fikrlar: (3)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
* MY LOVE (12 Mar 2019, 15:50)
Majnun sardorri yonalishiga oxshab ketibdi
* mana (10 Mar 2019, 11:32)
yig'layg'oz qoldim
* BèST MØÐÈR [M] * (10 Mar 2019, 09:11)
Ble kongil to'lib ketdi.
Bosh sahifa